Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi emlangandan keyin yana 3 kishi vafot etdi
Janubiy Koreyada AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlangandan keyin yana 3 kishi vafot etdi. Ushbu vaksinani olgandan keyin vafot etganlar soni 5 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA).
Ma'lum qilinishicha, vafot etganlardan ikki nafari 50 yoshdan katta erkaklar bo‘lgan. Ular keksalar uchun mo‘ljallangan shifoxonada davolanayotgan bo‘lganlar. Bir erkak emlangandan 41 soat, ikkinchisi esa 15 soat o‘tib vafot etgan. Uchinchi vafot etgan 30 yoshlar atrofidagi ayol kishi bo‘lib, u jiddiy kasalliklarga ega nogironlar shifoxonasi bemori bo‘lgan. U emlangandan 15 soat o‘tgach vafot etgan.
Avvalroq Yonhap News Agency agentligi Janubiy Koreya hukumati AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandan keyin vafot etgan 2 kishining o‘limi sababini tergov qilishni boshlaganini ma'lum qilgandi. Ulardan biri 50 yoshda, ikkinchisi 63 yoshda bo‘lgan. 63 yoshli erkakda emlanganidan bir kun o‘tib tana harorati ko‘tarilgan, 2 kun o‘tib esa u vafot etgan.
2 mart kuni Avstriyada Pfizer/BioNTech vaksinasidan emlangandan keyin 41 kishi vafot etgani ma'lum bo‘lgandi. Ulardan 3 nafarining o‘limi vaksina bilan bog‘lanmagan bo‘lgan. Yana 11 kishi inkubatsiya davrida vafot etgan. Vafot etganlardan 19 nafari jiddiy kasalliklarga ega bo‘lgan. Yana 8ta o‘lim holati sababi aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026