Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya bosh vaziri noo‘rin hazili uchun ukrainaliklardan uzr so‘radi
Slovakiya bosh vaziri Igor Matovich Rossiyaga “Sputnik V” vaksinasi evaziga Ukrainaning Karpatorti oblastini berishga tayyorligi haqidagi hazili uchun Twitter’dagi sahifasida ukrainaliklardan uzr so‘radi.
“Slovakiyaning Ukrainaning hududiy yaxlitligi bo‘yicha pozitsiyasi doimo aniq bo‘lgan. Noo‘rin munosabatim uchun barcha ukrainaliklardan uzr so‘rayman. Slovakiya – sening do‘sting”, deb yozgan Matovich.
Avvalroq Slovakiya bosh vaziri intervyu vaqtida Rossiya Slovakiyaga o‘z vaksinasini yetkazib bergani uchun nima olishi mumkinligi haqidagi savolga Rossiyaga Karpatortini berishga tayyorligini aytgan. So‘ngra u hazillashayotganini va uning oldida hamyurtlariga xavfsiz vaksinani yetkazib berish vazifasi turganini aytgan.
Biroq Slovakiya bosh vazirining hazili ukrainaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Ular Matovichni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostiga olib, uning so‘zlarini o‘zga hududlarga da'vo qilish deb baholashgan.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Slovakiya bosh vaziridan uzr so‘rashni talab qilgan va Slovakiyaning Ukrainadagi ishonchli vakiliga norozilik bildirgan. Jumladan, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Matovichni davlatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni buzishga intilishda ayblagan.
1 mart kuni Slovakiyada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgani va mamlakatda vaksinaning Yevropa dori vositalari agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kutib o‘tirilmasdan qo‘llanishi boshlanishi mumkinligi ma'lum bo‘lgan.
Sobiq ittifoq va Chexoslovakiya o‘rtasida 1945 yil 29 iyunda Karpatortining Ukraina tarkibiga kirishi haqida kelishuv imzolangan.
Mavzuga oid
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026