Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyati tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini takomillashtirish, mehnat bozori, aholining ish bilan bandligi, mehnat munosabatlarini tizimli rivojlantirish, mehnat unumdorligi, mehnat muhofazasi va mehnat gigiyenasi hamda mehnat migratsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Qarori loyihasi bilan:
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.
- Mehnat instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda. Ular:
- aholi bandligiga ko‘maklashish, mehnat munosabatlarini rivojlantirish, mehnat bozorini takomillashtirish, mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigiyenasi, malakalar tizimi va kasb standartlari, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasida ilmiy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
- Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash ishchi organi vazifalarini bajarish;
- mehnat munosabatlari va mehnatga haq to‘lashni rivojlantirish;
- mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigiyenasi tizimlarini takomillashtirish;
- davlat dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, normativ-huquqiy hujjatlar, tarmoq va umumtarmoq me'yorlari, standartlari, sohaga taalluqli ko‘rsatmalar, bandlikka ko‘maklashish, mehnat munosabatlarini rivojlantirish, mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigiyenasi, malakalar tizimi va kasb standartlari, mehnat migratsiyasi bo‘yicha qoidalarni ishlab chiqish.