Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
Bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ushbu viloyatlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.
Poytaxtda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7 daraja iliq bo‘ladi.