Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek tadbirkorlariga xorijiy kompaniyalarning 30 million dollarlik qarzlari undirib berildi - TIV
2020 yilda Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalar ko‘magi bilan xorijiy kompaniyalarning 30 million dollarlik qarzlari O‘zbekistonga qaytarilgan.
Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori Ashraf Xo‘jayev 5 mart kuni o‘tkazilgan Senat qo‘mitasi yig‘ilishida debitor qarzdorlik masalasiga to‘xtaldi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.
«Hozirgi kunda debitor qarzdorlik juda katta muammo bo‘lyapti. Xususan, o‘tgan yili Tashqi ishlar vazirligi va elchixonalarimiz ko‘magi bilan umumiy hisobda 30 million dollarlik xorijiy kompaniyalar qarzlari O‘zbekistonga qaytarildi. Ya'ni ayrim tadbirkorlarimiz chet el kompaniyasiga eksport qilgan mahsuloti uchun pul olishda muammolarga duch kelmoqda.
Shuningdek, eksportyorlarimiz boshqa davlatlarga eksport qilgan tovarlari sifatsiz chiqayotgani ham keyingi paytlarda ko‘p ko‘tarilayotgan masalalardan.
Yaqinda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yangi nizom ishlab chiqdik. Hujjat bilan bu tizimda yangi tartib joriy qilinadi. Har bir viloyatda maxsus komissiya tuziladi. Debitor qarzdorlik bo‘yicha muammolar o‘rganib chiqiladi.
Agar haqiqatan chet eldagi kompaniya tomonidan qarzdorlik bo‘lsa, Tashqi ishlar vazirligiga to‘liq ma'lumot berilishi, shartnoma nusxasi, chet elda joylashgan kompaniya ma'lumotlari yetkazilishi zarur bo‘ladi. Shunday qilinsa, vazirlik elchixonalar bilan birgalikda ushbu masalani yechishga yordam beradi. Ayni paytda yangi tizimni yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilmoqda», – dedi vazirlik vakili.
Avvalroq eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valuta nazoratiga o‘zgartirish kiritilishi xabar qilingandi. Unga ko‘ra, barcha tashqi savdo shartnomalari valuta nazorati organlarida, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali tijorat banklarida monitoringdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:58 / 09.07.2026
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
12:58 / 19.06.2026
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:29 / 01.06.2026