Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya markazi 1941 yildan beri ilmiy-tekşiriş instituti maqomida faoliyat körsatib kelgan, 2020 yil fevral oyida ilmiy-amaliy markazga aylantirilgan. Markaz respublikada gematologik xizmatni şakllantiriş, hududlar va markazda metodik yordam beriş, davolaş protokollari, taşxis standartlarini işlab çiqiş kabi vazifalar bilan şuğullanadi. Markaz filiallari viloyat köp tarmoqli kasalxonalar qoşida kattalar gematologiya bölimlari hamda viloyat köp tarmoqli bolalar şifoxonalarida bolalar gematologiya bölimlari sifatida faoliyat yuritadi.

Markaz direktori Abdurahmon Qayumov Kun.uz bilan suhbatda onkogematologik (qonning ösma/saraton xastaliklari) kasalliklarni davolaş bepul bölsa-da, bemorlar mablağga zarurat sezişi, onkopsixologiya xizmatiga ehtiyoj, qonning ösma kasalliklaridan tuzaliş körsatkiçlari haqida ma'lumot berdi.

«Bolalar murojaatlarining 20-25 foizi oqqon kasalliklari»

Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya markazi 260ta yotoq joyga ega bölib, ulardan 105tasi bolalarga, qolgani kattalarga moslaştirilgan. Hududlar kesimida 405ga yaqin bolalar uçun va xuddi şunça kattalar uçun koyka örinlari mavjud.

Yil davomida respublika böyiça markaz poliklinikalariga 60 ming atrofida murojaat bölib, ulardan 20-30 foizi bolalar bilan boğliqdir. Xususan, bolalarning tibbiy holati böyiça qilingan murojaatlarda taşxis qöyilib, tahlillar ötkazilganda umumiy nisbatning 20-25 foizi oqqon kasalliklari ekani ayon böladi.

Qanday davo turlari qöllanmoqda?

Hozirgaça fanda ma'lum bölgan qonning ösma kasalliklarini davolaş böyiça dunyo protokollari mavjud. Özbekistonda ham ularning davolaşga  mablağ, dori vositalari ajratilgan. Şuningdek, ajratilayotgan pul mablağlari yildan yilga köpaytirib borilmoqda. Xususan, yaqinda hujayra  darajasida taşxislaşni yölga qöyiş uçun 200 ming dollar qiymatida uskuna va reagentlar xarid qilindi. Kimyoterapiya amaliyotlari uçun 48 turdagi kimyoviy preparatlar ham xarid qilingan. Suyak özak hujayralarni köçirib ötkaziş amaliyoti yölga qöyilgan.

Hozirda oqqon kasalliklarini davolaşda target, ya'ni nişonga oluvçi preparatlardan foydalanilmoqda. Ular juda qimmatbaho va yuqori samarador hisoblanadi. Ular faqatgina kasal hujayraga ta'sir körsatadi va soğlom hujayralarga zarar yetkazmaydi.