Fransiya qon quyiş markazi (EFS) 48-qon guruhi tizimining kaşf etilganini e’lon qildi. Uning egasi Karib dengizidagi Gvadelupa orolidan kelgan va Parijda yaşovçi ayol böldi. Yangi qon guruhi Gwada negative deb ataldi - bemorning vataniga işora qilinib. Uşbu kaşfiyot 2025 yil iyun oyida Milanda bölib ötgan konferensiyada Xalqaro qon quyiş jamiyati (ISBT) tomonidan rasman tan olindi.

Kamdan-kam uçraydigan holat birinçi marta 15 yil burun, operatsiyadan oldingi standart testlar paytida 54 yoşli bemorda ilgari noma’lum antitana aniqlanganda qayd etilgan. Faqat 2019 yilda olimlar uning tabiatini - noyob genetik mutatsiyani - yuqori samarali DNK sekvensiyasi yordamida aniqlaşga muvaffaq böldi. Biroq, kaşfiyot endi xalqaro e’tirofga sazovor böldi va qon guruhlari jahon reyestriga kiritildi.

EFS tibbiy biologi Tiyeri Peyrar sözlariga köra, ayol bu qon guruhini ota-onasidan meros qilib olgan, ularning har biri mutatsiyaga uçragan gen taşuvçisi edi. Olimning ta’kidlaşiça, bemor bunday qon guruhiga ega bölgan yagona şaxs va donor sifatida faqat öziga mos keladi.

Endi tadqiqotçilar ğayrian’anaviy qon guruhlari bölgan bemorlarga tibbiy yordam körsatiş sifatini yaxşilaş maqsadida uşbu noyob turdagi boşqa odamlarni topişga umid qilmoqda. EFS ma’lumotlariga köra, zamonaviy DNK tahlil usullari yangi tizimlarning kaşf etilişini tezlaştirdi, bu kamdan-kam holatlar uçun donorlarni topişga köproq imkoniyat beradi.