Körgazmada 150ga yaqin bemor bolalar 800 ga yaqin suratlar bilan iştirok etişdi. Tadbir iştirokçilari uçun suratlar "auksioni" taşkil etilib, sotuvdan tuşgan mablağlar asarlar mualliflari bölgan bolalarga berildi.

Bu suratning muallifi bir bolakay. U ançadan beri gematologiya markazining bemori. Hozir esa bolalar hospisida. Bu suratni u jonlantiriş bölimidan çiqib tongga qadar çizgan. Mana şu surat kuni keça bölib ötgan xayriya körgazmasida sotildi. Sotilgan suratning puliga nima olişni istaysan degan savolga bolakay qişki kiyimlar olmoqçiligini aytdi. Şifokorlar esa uning ahvoli oğir ekanini aytişmoqda. Bolaning intensiv terapiyadan keyin çizgan bu hikoyasi bizga bolalar qançalik kuçli bölişi mumkinligini va san’at ularga öz his-tuyğularini ifodalaş va qalblarini davolaşda qanday yordam berişini eslatib turadi. Uşbu rasm bu kiçkina jangçining yonida turgan va uni tiklaniş yölida qöllab-quvvatlagan har bir kişining qalbida qoladi. 

Afsuski, har yili mingdan ortiq bolalarga şunday xastalik bilan taşxis qöyiladi. 18 sentabr kuni Toşkentdagi Yoşlar ijod saroyida gematologik va onkologik xastaliklar bilan kuraşayotgan bolalarni qöllab quvvatlaş niyatida xayriya körgazmasi bölib ötdi. Körgazmada bemor bolalarning öz qöllari bilan yaratgan buyumlari, çizgan rasmlari namoyiş etildi. 

Tadbir taşabbuskori bölgan “Sen kuçlisan” loyihasi gematologik kasalliklarga çalingan bolalarga moddiy va ma’naviy kömak beriş, ularning qobiliyatlarini yuzaga çiqariş maqsadida taşkil etilgan bölib, bugun jamoada 20 dan ortiq volontyorlar faoliyat yuritmoqda.

Loyiha asosçisi Marjona Nurmuhamedovaning aytişiça, bu xasta bolalarda ertangi kunga işonçni oşiradi:

“Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ham gematologiya va onkologiya sohasida bu global muammo hisoblanadi. Şunday ekan, xalq va volontyorlar yordamga kelişi kerak. Barçamiz bir bölib bu sohani isloh qilişga, bemorlarning muammolarini kamaytirişga yordam bersak, xasta bolalarni qöllab-quvvatlab, motivatsiya bersak – yutuğimiz böladi.