Quyidagilar 2025–2030 yillarda Özbekistonda gematologik va onkogematologik kasalliklarga çalingan bemorlarga tibbiy yordam körsatişni rivojlantirişning asosiy maqsadlari etib belgilanadi: 

  • aholi orasida gematologik va onkogematologik kasalliklarni erta bosqiçlarda aniqlaş holatlari uluşini 60 foizgaça oşiriş; 
  • gematologik va onkogematologik kasalliklarga çalingan bemorlarni bir yillik yaşovçanligini 34 foizdan 60 foizgaça, beş yillik yaşovçanligini esa kamida 55 foizgaça oşiriş; 
  • gematologik kasalliklarga çalingan bemorlarni 100 foiz ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam bilan qamrab oliş; 
  • gematologik va onkogematologik kasalliklarga taşxis qöyiş muddatlarini 6 kungaça qisqartiriş; 
  • gematologik va onkogematologik kasalliklarni davolaşni 10 kundan 14 kungaça bölgan muddatda boşlaş; 
  • birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida gematologik kasalliklar belgilarini aniqlaş uçun şaroitlar yaratiş; 
  • kadrlar salohiyatini oşiriş, ustuvor tartibda hududlardagi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, barça böğinlaridagi jarayonlarni raqamlaştiriş; 
  • gemopoetik özak hujayralari transplantatsiya amaliyotlarini yanada kengaytiriş; 
  • gemopoetik özak hujayralari axborot bankini taşkil qiliş orqali gematologik va onkogematologik bemorlarga taşxis qöyilgandan to transplantatsiya amaliyoti ötkazişgaça bölgan vaqtini 6 oydan 3 oyga qisqartiriş; 
  • qon banki taşkil qiliş natijasida gematologik hamda onkogematologik bemorlarga qon va uning komponentlari ta’minlaşni 3 kundan 1 kungaça kamaytiriş, hamda gemotransmissiv infeksiyalar yuqişi xavfini kamaytiriş; 
  • gematologik va onkogematologik bemorlarni davolaşda hujayra terapiyasi, gen va immun terapiyasi kabi zamonaviy usullarni bosqiçma bosqiç joriy qiliş; 
  • bemorlarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minotini 80 foizgaça yetkaziş; 
  • soha uçun zamonaviy taşxislaş, davolaş va reabilitatsiya qiliş böyiça bilim va könikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlaş, ularni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, şuningdek, ilğor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borilişini taşkillaştiriş.

Soğliqni saqlaş vazirligining 2025-2026 yillarda Toşkent şahri tibbiyot muassasalari bazasida quyidagilarni amalga oşiriş böyiça loyihani hamda uni kelgusida zarur şart-şaroitlar yaratilişiga qarab mamlakatning boşqa hududlariga parallel ravişda kengaytiriş böyiça taklifiga rozilik beriladi: