Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Texas shtati energiya tizimi uchun ulkan batareya quradi
Batareya 20 mingga yaqin uyni elektr bilan ta'minlashi ko‘zda tutilgan.
Ilon Maskning Tesla kompaniyasi Texas elektr tarmoqlariga ulanadigan ulkan batareya quradi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Yuz megavattdan ortiq energiyani saqlaydigan batareya qurish loyihasini Tesla kompaniyasining Gambit Energy Storage bo‘linmasi amalga oshiradi.
Batareya 20 mingga yaqin uyni elektr bilan ta'minlashi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral o‘rtalarida noqulay ob-havo sharoiti sababli shtatdagi elektr generatorlarining yarmiga yaqini ishdan chiqqandi. Texasga yopirilgan qor bo‘ronlari oqibatida 4 millionta uy va binolar elektrsiz qolgandi.
Avvalroq Ilon Mask Texasda yangi shahar barpo etishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026