AQŞ prezidenti Jo Bayden qahraton sovuq va qor böronlari sababli Texas ştatini tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.
Ştat federal budjetdan moddiy yordam oladi. Mablağlar 77ta okrug aholisiga ajratiladi.
Ajratilgan mablağ vaqtinçalik uy beriş yoki turar joyni ta'mirlaş hamda suğurtasi bölmagan fuqarolarga qarz berişga yönaltiriladi. Şuningdek, pullar fuqarolarga yordam körsatiş böyiça boşqa dasturlar va biznes egalarini qöllab-quvvatlaşga sarflanadi.
Eslatib ötamiz, uşbu haftada AQŞning qator hududlarida anomal sovuq va qor böronlari sodir böldi. Noqulay ob-havo sababli elektr ta'minotida uzilişlar röy berdi, qator korxonalar iş faoliyati töxtab qoldi. Ellikka yaqin kişi tabiiy ofat qurboni bölgan.












