22:47 / 08.03.2021
7934

XOQ Lukashenkoning o‘g‘lini Belarus olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmasligini ma'lum qildi

Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko 26 fevral kuni milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimini egallagandi.

Viktor Lukashenko / Foto: Reuters

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Viktor Lukashenkoni Belarus milliy olimpiya qo‘mitasining prezidenti deb tan olmaslikka qaror qildi. Bu haqda XOQning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Mark Adams ma'lum qildi.

"XOQ Viktor Lukashenkoni milliy olimpiya qo‘mitasining prezidenti sifatida tan olmaydi", - dedi Adams.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko 26 fevral kuni milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti lavozimini egallagandi. U qo‘mitani 1997 yildan buyon boshqarib kelgan otasining o‘rniga prezident etib saylandi.  

Ushbu tayinlov xalqaro olimpiya qo‘mitasining sanksiyalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki XOQ 2020 yil dekabrda Belarus prezidentining ushbu tashkilot shafe'ligida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda qatnashishini taqiqlagandi.

 O‘tgan yili Belarus prezidentligiga o‘tkazilgan saylovdan keyin 1000ga yaqin sportchi kuch ishlatish tizimlarining zo‘ravonligiga qarshi maktubga imzo chekkandi.

Mavzuga oid
Top