Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning tönğiç öğli Viktor prezidentning milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi lavozimidan böşatildi. Bu haqda BeLTA xabar bermoqda.

Xabarda aytilişiça, 25 fevral kuni prezident tomonidan tegişli farmon imzolangan.

Viktor Lukaşenko 26 fevral kuni milliy olimpiya qömitasi raisi lavozimini egalladi. U qömitani 1997 yildan buyon boşqarib kelgan Aleksandr Lukaşenko örniga tayinlandi.

Viktor Lukaşenko 2019 yildan buyon milliy olimpiya qömitasining birinçi vitse-prezidenti edi.

Uşbu tayinlov xalqaro olimpiya qömitasining sanksiyalari bilan boğliq bölişi mumkin. Qömita 2020 yil dekabrda Belarus prezidentining uşbu taşkilot şafe'ligida ötkaziladigan barça tadbirlarda qatnaşişini taqiqlagandi.