Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Johnson & Johnson YeIga vaksina yetkazib berishda muammolar bo‘lishi to‘g‘risida ma'lum qildi
Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, buning sababi ingrediyentlar va vaksina tayyorlash uchun jihozlar yetishmovchiligidir.
Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi Yevroittifoqqa yilning 2-choragida koronavirusga qarshi vaksinani zarur hajmda yetkazib berishda muammolar bo‘lishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning ma'lumot berishicha, kompaniya vakili bu muammodan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenni xabardor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning sababi ingrediyentlar va vaksina tayyorlash uchun jihozlar yetishmovchiligidir.
Kompaniya 2021 yilning 2-choragida YeI olishni mo‘ljallayotgan 55 mln doza vaksina yetkazib bera olmasligini ta'kidlagan.
Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi sinov bosqichida AQShda 72 foiz va virusning yangi mutatsiyasi aniqlangan JARda 57 foiz samaradorlik ko‘rsatganini ma'lum qilgandi.
Fevral oxirida AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Johnson & Johnson vaksinasini ma'qulladi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 16.06.2026