Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva AQShning ehtimoliy kiberhujumlari to‘g‘risidagi xabarlardan tashvishda ekanligini ma'lum qildi
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu «xalqaro kiberjinoyatchilikdan boshqa narsa emas».
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva AQSh tomonidan ehtimoliy kiberhujumlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlardan tashvishda ekanligini ma'lum qildi.
Peskov The New York Times gazetasida AQSh SolarWinds kompaniyasiga qilingan kiberhujumga javoban Rossiya hukumati tizimlariga qarshi hujum tayyorlayotgani to‘g‘risida berilgan xabarga izoh berdi. U buni «Amerikaning anchagina obro‘li nashrida chop etilgan tashvishli xabar» deb atadi.
Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu «xalqaro kiberjinoyatchilikdan boshqa narsa emas».
«Albatta, nashrda Amerika davlatining bu kiberjinoyatchilikka aloqador bo‘lishi ehtimoli borligi haqida yozishi jiddiy tashvishlanishimizga asos bo‘ladi»,— dedi Peskov.
Avvalroq The New York Times gazetasi AQSh yaqin uch hafta ichida Amerika hukumati tarmoqlariga qilingan kiberhujumlarga javoban Rossiyaga qarshi bir nechta kiberhujumlar uyushtirishi haqida xabar qilgandi.
Mavzuga oid
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:22 / 22.05.2026
Putinning reytingi pasayishda davom etmoqda
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026