O‘zbekiston | 08:14 / 10.03.2021
5827
2 daqiqa o‘qiladi

Choyxonada giyohvand modda sotmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari qo‘lga olindi

2021 yilning 5 mart kuni soat 18:00larda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Foto: Tergov departamenti

Tadbir davomida 36 yoshli Elyorbek M. Qirg‘iziston fuqarosi, 48 yoshli Umar R. bilan Asaka tumani “Kujgan” MFY hududida shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 18 000 AQSh dollari evaziga 1,8 kilogramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtlarida ushlangan.

Qayd etilishicha, ularni Oltinko‘l tumani “Jalabek” MFY hududida joylashgan choyxonada 52 yoshli Hasanboy Ya. Rossiya fuqarosi, 36 yoshli Muhiddin M. kutib o‘tirganliklari aniqlangan va ularning yoni ko‘zdan kechirilganda, jami 0,78 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Umar R., Elyorbek R., Muhiddin M., va Hasanboy Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid