Jahon | 19:05 / 10.03.2021
2452
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada koronavirus sababli tibbiyot tizimida favqulodda vaziyatning eng yuqori darajasi e'lon qilinishi mumkin

Uchinchi darajadagi favqulodda vaziyatda rejali davolash butunlay to‘xtatiladi va shifoxonalar faqat kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatishga o‘tadi.

Foto: EPA

Estoniya sog‘liqni saqlash departamenti inqiroz shtabi mamlakat tibbiyot tizimida favqulodda vaziyatning uchinchi, eng yuqori darajasini e'lon qilishga tayyorlanmoqda.

"Estoniyada ilk marta tibbiyot tizimini uchinchi darajaga o‘tkazish sodir bo‘lishi mumkin. Bu agar koronavirus bemorlari soni 1500 nafarga yetsa yuz beradi", - dedi departament boshlig‘i Yullar Lanno.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda shifoxonalarga kuniga 80-100 nafar bemor yotqizilayotgan bo‘lsa, o‘n kun ichida shifoxonalarda mingdan ortiq bemor bo‘ladi.

"Bizda mingga yaqin o‘rin bor, o‘ylash uchun juda oz vaqtimiz qoldi. Agar bemorlar soni 1500ga yaqinlashsa, bu qarorni qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi", - dedi Lanno.

Uchinchi darajadagi favqulodda vaziyatda rejali davolash butunlay to‘xtatiladi va shifoxonalar faqat kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatishga o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid