Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada yangi yagona hukumat shakllantirildi
Liviya parlamenti Abdulhamid Dibayba boshchiligidagi yangi milliy birdamlik hukumatiga ishonch bildirdi. Dibayba yagona hukumatning tarkibi tasdiqlanishini “tarixiy on” deb atadi.
Hukumat tarkibini ma'qullash uchun parlamentdagi deputatlarning 50 foiz ovozi va yana bir ovoz yetarli bo‘lgan. Natijada yig‘ilishda ishtirok etgan 134 deputatdan 132 nafari yangi hukumatga ovoz bergan, 2 deputat betaraflik bildirgan. Yig‘ilishda 36 deputat ishtirok etmagan.
Parlament spikeri Oqil Solih Isoning ma'lum qilishicha, yangi vazirlar mahkamasi 2021 yil 24 dekabrgacha faoliyat ko‘rsatadi. Shu kuni Liviyada prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Dibayba hukumatning tarkibi tasdiqlanishini “tarixiy on” deb atadi.
“Men mamlakatdagi parchalanishga chek qo‘yishga chaqiraman va milliy yarashuvga erishish ustida ishlashga va'da beraman. Liviya birdam va ajralmas bo‘lishi lozim. Birdamlik vatanimizga xavfsizlik keltiradi, urush boshqa takrorlanmasligi kerak”, deb aytgan Dibayba. U mamlakat hududlari o‘rtasida o‘z ixtiyoricha o‘rnatilgan chegaralar batamom yo‘q qilinishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Dibayba hukumati 27 vazir, 6 davlat vaziri va 2 nafar bosh vazir o‘rinbosaridan tashkil topgan.
Yangi hukumatning shakllantirilishi Liviyadagi namoyishlar boshlanishining o‘n yilligiga to‘g‘ri keldi. O‘shandagi voqealar mamlakatning ko‘p yillik yetakchisi Muammar Qazzofiy tuzumining ag‘darilishi, fuqarolik urushi va davlatning parchalanishiga olib kelgan. Shundan keyin mamlakatda qo‘sh hokimlik – g‘arbda - poytaxt Tripolida xalqaro tan olingan Milliy kelishuv hukumati, sharqda esa feldmarshal Halifa Xaftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
12:19 / 29.05.2026
“Eron Liviyaning kuni boshiga tushishidan qochyapti” - siyosatshunos
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025