O‘zbekiston | 15:37 / 10.03.2021
2143
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoydan koronavirusga qarshi 1 mln dozadan ortiq vaksina oladi

Innovatsion rivojlanish vazirining ma'lumot berishicha, O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari o‘tgan yilning dekabrida boshlangan.

Mart oyida O‘zbekiston Xitoydan 1 mln dozadan ortiq ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusga qarshi vaksinasini oladi. Bu haqda O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov "Sinxua" agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Xitoy vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari o‘tgan yilning dekabrida boshlangan.

Vazirning ma'lumot berishicha, hozirgacha 7 ming nafardan ortiq ko‘ngilli emlangan va sinovlar yaxshi natija ko‘rsatgan. Aksariyat ko‘ngillilarda emlashdan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.

"Juda ozchilikdagina allergik reaksiya va harorat ko‘tarilishi kuzatildi. Barcha simptomlar nazoratga olindi va uch-to‘rt ichida barcha emlanganlar o‘zlarini yaxshi his qila boshladi", - dedi Abdurahmonov.

Vazir O‘zbekiston Xitoy bilan 1 mln dozadan ortiq vaksina sotib olish borasida kelishuvga erishganini aytdi.

"Vaksinalar mart o‘rtalarida O‘zbekistonga kelganidan so‘ng aholini ommaviy emlashni boshlashni maqsad qilganmiz", - dedi u.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid