13:17 / 11.03.2021
4768

2020 yil AQSh tarixida eng ko‘p o‘lim qayd etilgan yil bo‘lgani ma'lum qilindi

Qayd etilishicha, koronavirus o‘limga sabab bo‘lgan kasalliklar orasida yurak-qontomir va onkologik kasalliklardan so‘ng uchinchi o‘rinni egallagan. 

Foto: Win Mcnamee / Getty Images

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yil AQSh tarixida eng ko‘p o‘lim holatlari qayd etilgan yil bo‘ldi. Bu haqda kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markaziga (CDC) tayanib Politico xabar berdi.

"O‘tgan yil natijasiga ko‘ra, COVID-19 sababli AQShda o‘lim darajasi 15 foizga oshdi, bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng ko‘p o‘lim qayd etilgan yil hisoblanadi", - deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, CDC vakillari tasdiqlagan rasmiy ma'lumotlar yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Kasalliklar va o‘lim holatlari bo‘yicha mazkur rasmiy hisobotda yosh, irq va demografik guruhlarni o‘z ichiga olgan tahliliy ma'lumotlar etilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus o‘limga sabab bo‘lgan kasalliklar orasida yurak-qontomir va onkologik kasalliklardan so‘ng uchinchi o‘rinni egallagan. 

Markaz xabariga ko‘ra, AQShda 2020 yilda 3 million nafardan ortiq kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus yuqtirganlar va kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Top