10:49 / 11.03.2021
9382

Facebook interneti yomon bo‘lgan davlatlar uchun alohida Instagram’ni ishga tushirdi

Facebook sekin internetga ega bo‘lgan 170dan ortiq davlat uchun Instagram’ning yengil versiyasini ishga tushirdi. Ilova faqat Android operatsion tizimi foydalanuvchilari uchun chiqarilgan.

Kompaniya bergan xabarda aytilishicha, Instagram Lite klassik ilovadan (hajmi 30 MB) farqli o‘laroq, atigi 2 Megabayt bo‘lib, internet juda yomon bo‘lgan holda ham ishlayveradi.

«Bugundan boshlab jahonning 170dan ortiq davlatlarining foydalanuvchilari Google Play’dan Instagram Lite’ni yuklab olishlari va qanday tarmoq yo qurilma bo‘lishidan qat'i nazar ilovadan bemalol foydalanishlari mumkin. Tez orada ilovani dunyo bo‘ylab ishga tushiramiz», deyiladi bayonotda.

Instagram’ning yengil versiyasida klassik versiyadagi ayrim istisnolardan tashqari barcha asosiy funksiyalar bor. Istisnolar qatorida yuzning haqiqiyligini filtrlash, o‘chirish jarayonida paydo bo‘ladigan bir necha xildagi chiqindi chelaklari bor. Shuningdek, yengil versiyada hozircha «tungi rejim» ham yo‘q, lekin mualliflar tez orada bu funksiyani qo‘shishni va'da qilishdi.

Yengil versiya Tel-Aviv va Nyu-York shahrilik jamoalar hamkorligida Facebook Lite asosida ishlab chiqilgan. Ilovani qishloq joylari va yiroqdagi hududda yashovchi odamlar ham bemalol ishlata oladi. Internet dunyo aholisining 63 foizida bor, Shimoliy Amerikada esa internetga ulangan aholi 90 foizni tashkil etadi. Interneti bor ko‘plab hududlarning aholisi Instagram’da foto- va videokontentni bemalol yuklashga qodir zamonaviy mobil qurilma va tarmoqqa ega emas.

Instagram Lite’ni sinovdan o‘tkazish 2018 yilda boshlangan edi. 

Mavzuga oid
Top