Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya vaqtida sayohatlar uchun eng jozibasiz davlatlar ma'lum qilindi
Foto: Getty Images
Pandemiya vaqtida sayohatlar uchun eng jozibasiz davlatlar sifatida chegarasini kesib o‘tgandan keyin ma'lum muddat karantin o‘tash kerak bo‘lgan davlatlar aytildi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) saytida ma'lum qilindi.
Bu borada o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 84 foiz respondentlar o‘zini yakkalashni talab qiluvchi davlatlarga aslo borishni istamasliklarini aytishgan. Bunday davlatlar orasida Chili, Peru, Janubiy Koreya, Tailand, Polsha, Tunis va boshqa davlatlar bor.
Respondentlarning 68 foizi davlatlar o‘rtasida erkin harakatlanish imkoniyati yo‘qligi sababli hayot sifati yomonlashganidan shikoyat qilishgan. Ulardan 40 foizining aytishicha, dam olish uchun xorijga borish imkoniyatining yo‘qligi ularning ruhiy holatiga ta'sir qilgan. Yana 30 foiz respondentlarning fikricha, chegaralarning yopilishi sababli biznes jabr ko‘rgan.
“Ayni vaqtda barchamiz uchun ustuvor vazifa – koronavirus pandemiyasi vaqtidagi xavfsizlikdir. Biroq chegaralarni yana ochish, xatarlarni boshqarish va odamlarga o‘z istaganlaricha yashashga imkon berish yo‘llarini belgilab olishimiz muhimroqdir”, deb ta'kidlab o‘tgan IATA bosh direktori Aleksandr de Juniak.
Mavzuga oid
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026
Hayvonlar kasalliklari bo‘yicha karantin qoidalari tasdiqlandi
17:05 / 10.04.2026