Jahon | 22:00 / 11.03.2021
4984
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda TikTok taqiqlanadi

Foto: AP Photo / Kiichiro Sato

Pokistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘i taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat telekommunikatsiya boshqarmasi vakili Xurram Mehron ma'lum qildi.

"Sud Pokiston telekommunikatsiya boshqarmasidan TikTok tarmog‘ini bloklashni so‘radi", - dedi u.

Mehronning qo‘shimcha qilishicha, boshqarma sud talabini bajaradi.

Peshovar yuqori sudining qarorida aytilishicha, sud da'vogarning TikTok axloqsiz kontent tarqatayotgani to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilgan holda ilovani taqiqlaydi. 

Pokistonda TikTok o‘tgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderatsiya qilishga va'da berganidan so‘ng taqiq bekor qilingandi.

Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan ilova hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid