Jahon | 19:05 / 11.03.2021
4155
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksinani ma'qulladi

Bungacha YeIda Pfizer/BioNTech, AstraZeneca va Moderna vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgandi.

Foto: Wael Hamzeh/EPA

Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) koronavirusga qarshi to‘rtinchi vaksinani ma'qulladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xabarda aytilishicha, YeMA 11 mart kuni Johnson & Johnson kompaniyasining vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan.

Bungacha YeIda Pfizer/BioNTech, AstraZeneca va Moderna vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgandi. Agentlikning yozishicha, YeI shu tarzda emlash kampaniyasini tezlashtirish va vaksina tanqisligiga barham berishga urinmoqda.

Avvalroq Johnson & Johnson vaksinasi AQSh, Kanada va Bahraynda ma'qullangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid