O‘zbekiston o‘rmonlari Sibirning tayga butazorlari va Rossiya siyrak o‘rmonlariga o‘xshamaydi. O‘rmonlar daraxtlari asosan baland tog‘ yonbag‘irlarida va tog‘ daryolari vodiylarida joylashgan. Ayrim joylarda u tekisliklarga yoyiladi va bu yerda inson bilan hudud uchun janglarda “asir”likka dosh beradi. Biroq o‘rmon hududlari qisqarishiga faqat inson sababchi emas. O‘rmon xo‘jaliklarining yashil o‘simliklari bargi hamda po‘stlog‘ini kemiruvchi zararkunanda hasharotlar ham xavfli dushman sanaladi.

Aksarsoy daryosi basseynidagi yong‘oqzor o‘rmonlar umumiy ko‘rinishi
Toshkent viloyati Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi G‘arbiy Tyan-Shan tizmalarida joylashgan bo‘lib, undagi iqlim sharoitlari 70dan ziyod turdagi daraxtlar va taqriban 80 turdagi butalarning tabiiy o‘sishi uchun qulaydir. Ammo o‘rmon xilma-xilligini saqlash uchun tezkor choralar ko‘rilmasa, uni zararkunanda hasharotlar yo‘q qilishi mumkin. Ba'zi yillarda, ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, ular hosilning 40–45 foizigacha zarar yetkazadi.
Avvallari daraxtlar zararkunandalari va o‘rmon kasalliklariga qarshi tutun portlatkichlar yordamida kurashilardi. Bunday uslub yaxshi samara bergan. Ammo ekologik sabablarga ko‘ra, qo‘llashga nomaqbul bo‘lib chiqdi, chunki bunda nafaqat zararkunandalar, balki foydali hasharotlar ham qirilib ketardi. O‘rmon “dushman”lariga qarshi kurash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish uchun BMTTDning “Global ahamiyatga ega bioxilma-xillik uchun muhim asosiy tog‘ mintaqalarida tabiiy resurslardan barqaror foydalanish va o‘rmonlarni boshqarish” loyihasi bilan hamkorlik qilishga qaror qilindi.

Butalar va yong‘oqli daraxtlardan zararkunandalar tuxumlarini yig‘ish
Toshkent davlat agrar universiteti olimlari bilan birgalikda bo‘lajak laboratoriya jihozlariga ehtiyojni o‘rganish ishlari o‘tkazildi, xodimlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi. Loyiha doirasida tender asosida jihoz va inventarlar sotib olindi, bu daraxt va buta ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish uchun entomofaglar (daraxtlarni himoya qilishning biologik vositalari) ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ming gektarga mo‘ljallangan namunaviy biolaboratoriya yaratish imkonini berdi.

O‘rmon patologiyasi tekshiruvi davomida o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonni qo‘riqlash va himoya qilish muhandisi bilan yong‘oqzor o‘rmonlarni ko‘zdan kechirish






