Jahon | 14:30 / 12.03.2021
3320
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada ijtimoiy masofa saqlash rejimi ikki haftaga uzaytirildi

Janubiy Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 488ta yangi holat qayd etilgan.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyada amal qilayotgan ijtimoiy masofa saqlash rejimi yana ikki haftaga uzaytirildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Chon Se Gyun ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatning turli hududlarida koronavirus o‘choqlari paydo bo‘lib turibdi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Seul va Inchxon shaharlari hamda Kyongido provinsiyasida ijtimoiy masofalanishning ikkinchi darajasi saqlanib qoladi. To‘rt kishidan ortiq kishilarning guruh bo‘lib to‘planishi va umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatiga qo‘yilgan taqiqlarning amal qilishi davom etadi.

Janubiy Koreya kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda bir sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 488ta yangi holat qayd etilgan. Bu keyingi uch hafta ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mamlakat bo‘yicha kasallik yuqtirganlar soni 94,6 mingdan oshgan, 1662 nafar bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid