Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vazirligi yo‘lovchilar oqimini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikka chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkor tomonidan yo‘lda radar o‘rnatilgani aytilgan video tarqaldi.
«Mana, O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlar qanday ishlaydi? Endi kameralar hamma joyda. Yaxshisi yo‘l harakati qoidalarini buzmaslik kerak», deyiladi shunday videolardan biriga yozilgan izohda.
O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov bu kabi videodagi ma'lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, bu qoidabuzarliklarni aniqlash emas, balki yo‘lovchilar oqimini aniqlashga qaratilgan tadqiqotdir.


«Bugungi kunda Samarqand shahri va uning atrofida transport va yo‘lovchilar oqimini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga Toshkent davlat transport universiteti hamda Jizzax politexnika instituti doktorant va magistrantlari jalb etilgan.
Ular o‘z tadqiqot ishlari davomida turli texnik uskunalar foto-video kameralar va planshetlardan foydalanishmoqda. Ushbu jarayonlardan bexabar bo‘lgan ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilib, haqiqatdan yiroq bo‘lgan yolg‘on axborotlarni tarqatishmoqda.
Tadqiqot ishlari davomida avtomobil haydovchilari va piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq vaziyatlar tasvirga olinmayotganini alohida ta'kidlab o‘tmoqchimiz.
Foto-video kameralar va planshetlar yordamida yozib olingan ma'lumotlardan faqatgina master reja tadqiqotlari doirasida foydalaniladi.
Olib borilayotgan tadqiqot ishlarining maqsadi Samarqand shahri transport tizimini istiqbolli rivojlantirish master rejasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqot jarayonlarini olib borayotgan mutaxassislarning faoliyati yuzasidan savollar tug‘ilgan taqdirda Samarqand viloyati transport boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin», – dedi Navro‘z Ashurmatov.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
11:25 / 24.03.2026