U hozir 28 yoşda, şu paytga qadar bakalavr va magistraturani tugatgan, dasturlaş böyiça bir neça yillik tajribaga ega kadr.

Kanadada faoliyat yuritayotgan, migrantlar uçun huquqiy maslahatlar berişga ixtisoslaşgan Immigration shop loyihasi muallifi Rahmat Sobirov Amazon kompaniyasida dasturçi-muhandis bölib işlayotgan özbekistonlik Beknazar Abdikamolov bilan suhbatlaşdi. Dastur boşlovçisining qayd etişiça, dasturçi-muhandislik Kanadada talab yuqori bölgan mutaxassisliklardan biri hisoblanadi.

Bekzod dastlab Janubiy Koreyada kompyuter ilmi va matematika mutaxassisligi böyiça ta’lim oladi. Koreyada uning ilk iş faoliyati boşlanadi, veb dasturlar va mobil ilovalar bilan boğliq ilk startaplarini amalga oşiradi. Koreyadagi 9 yillik hayotdan söng Amazon’da işlaş uçun Kanadaning Vankuver şahriga keladi. U hozir 28 yoşda, şu paytga qadar bakalavr va magistraturani tugatgan, bir neça yillik tajribaga ham ega bölgan.

Kiçikligimdan kelajakda kim bölişim aniq edi...

Ösmirlik yillarimdan kompyuter ilmini örganişga qiziqqanman. Kodlaşni örganiş uçun juda köp şuğullanganimdan bu köriş qobiliyatimga ham ta’sir qilgan öşanda. Yuqori sinflarni matematika va ingliz tiliga ixtisoslaşgan maktabda öqiganman, ingliz tili va matematikadan turli olimpiadalarda qatnaşganman. Menda kelajakka nisbatan katta maqsadlar bor edi, kelgusida yaxşi narsalarni öylab topişni, köp narsaga erişişni xohlaganman.

Köpçilik kiçik yoşidan kelajakda kim bölişi, qayerda öqişi haqida öylaydi, turliça rejalar qiladi. Lekin men bolaligimdanoq kim bölişimni yaxşi bilardim: kompyuter sohasiga oid kasbni tanlaşim aniq edi. Boşqa kasb haqida hatto öylab ham körmaganman.

Men uçun eng yaxşi tölov

Ilk işlatgan kompyuterim dadamning iş kompyuteri edi. Monitori juda katta, oldida protsessori alohida qöyilgan eski avlod kompyuteri... Öşa kompyuterdan ilk bor foydalanib, texnikaga mehrim tuşgan.

Uyda esa şaxsiy kompyuterim yöq edi. Onamning işxonasi uyimizga yaqin bölgan. U yerda kompyuter borligi sabab köp borib turardim. Bundan taşqari, onamning ofisi bilan bitta binoda industrial yönalişdagi audit firmasi ham joylaşgandi. Men u yerdagi xodimlarga internetdan qanday qilib foydalaniş, fayllarni yuklab oliş, ma’lumotlardan foydalanişni örgatardim. Ular buning uçun pul tölamagan, lekin evaziga internetdan foydalanişga ruxsat bergan. Bu mening uçun eng yaxşi tölov edi.