Aziza Abdurahimova 5 yillik tajribaga ega dasturçi. Google’ning “Women TechMakers” dasturi rasmiy elçisi, “Microsoft Developers Community in Uzbekistan”ning asosçilaridan biri. U Kun.uz bilan suhbatda dasturçilik nima uçun ayollarga töla mos kelişini, sohada ayollar uluşini oşiriş yöllari va özining loyihalari haqida gapirib berdi.
“Muammomiz – erinçoqligimiz va stereotiplarga öralaşib qolganligimizda”
Aziza öz tajribasidan kelib çiqqan holda ayollar uçun IT va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatli karera qila olişi uçun kerakli bölgan jihatlar haqida gapirdi. Bular:
- Kommunikatsiya qila oliş.
- Muammolarga kreativ yondaşuv.
- Tez örgana oliş.
- Jins bilan boğliq stereotip (soha faqat erkaklar uçun emasligiga işoniş).
“Qizlarga [sohaga kirayotgan va kirganlarga] bir maslahat bergan bölardim – erkak, ayol degan tuşunçani umuman xayoldan çiqarib taşlaş kerak. Işga kirdingizmi, hamkasbingiz erkak kişi bölsa, undan tortinmaslik kerak. U yerda hamma bir xil – dasturçi. Bemalol nimalardir söraş mumkin. Bunday paytda tortiniş bizning qonimizda bor va buni köpçilik yenga olmaydi. Miyada jinsidan qat’i nazar hamma dasturçi degan fikr şakllanişi kerak. Şunda muloqotga kirişiş osonroq böladi.
IT sohasida dunyo miqyosida ham ayollarning örni kam. Lekin Hindiston va Pokistonda ayollarning IT sohasidagi iştiroki erkaklar bilan deyarli bir xil. Ular bu kasbni uyda ötirib işlasa böladigan, ayollar uçun juda qulay kasb sifatida yuzaga çiqardi, jamiyatga şuni yetkaza olişdi.
Bizda ham buni qilsa böladi. Qizlar uçun töğri keladigan kasblar deb şifokorlik, öqituvçilik, pazandalik, kosmetolog kabi kasblar orasiga IT sohasini ham kiritiş kerak. Xalqimiz juda aqlli. Lekin muammomiz – erinçoqligimiz va stereotiplarga öralaşib qolganligimizda. Erinçoqlikni yengiş mumkin. Ammo stereotiplarga keladigan bölsak, xohlardimki, har bir oilada IT qiz bola uçun yaxşi kasb ekanligini ota-ona farzandiga yetkazib bersa, qizlarga bu tanlov berilsa köpçilik şuni tanlagan bölardi”, – deydi Aziza.
“Internet butun katta dunyoni kiçkina qişloqqa aylantirdi”
Azizaning loyihalaridan biri – “Aqlli niqob” (Smart musk) bölib, u qişning sovuq kunlarida, niqob va smartfonga ulangan ilova orqali inson tanasida şamollaşga bölgan moyillik foizini ehtimoliy darajada ölçab bera oladi. Bundan taşqari, u ayni paytda yana bir foydali loyiha – “Aqliy salomatlik hisoblagiçi”ga (Mental health meter) ustida ham iş olib boryapti.
“Bugun internet butun katta dunyoni kiçkina qişloqqa aylantirdi – hamma bir-biri bilan boğlangan, internetga kirasiz, hamma onlayn, qayerda yurganini körib turasiz. Xuddi qişloqda hamma bir-biridan xabardor bölib, gap-söz bölganiday. Bu narsa odamning ruhiy salomatligiga ta’sir qiladi. Ya’ni odamlar nima deydi degan narsalar, tahqirlaş, kamsitiş. Mening loyiham rivojlanayotgan sun’iy idrok orqali odamlarning holatini aniqlaşga qaratilgan. “Aqliy salomatlik hisoblagiç”i yordamida insonga nisbatan kamsitiş, haqorat qilinsa, ulardagi özgarişlarni aniqlaş, yoki depressiyani dastlabki bosqiçlarida aniqlaş algoritmi ustida işlayapman.
Bu dasturni telefonga yoki kompyuterga ulaş mumkin. U sizning qurilmangizdagi ma’lumotlar, yozişmalar, ilovalar orqali sizdagi muammoni aniqlaydi. U sizning harakatingizni nazorat qilmaydi, sizga tegişli ma’lumotlar bazasi orqali ruhiy holatingizni bildiradi”, – deydi dasturçi.
Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Gavhar Ziyodullayeva suhbatlaşdi
Operator va montaj ustalari: Mirvohid Mirrahimov, Nizomjon Toşpölatov,










