Jahon | 22:27 / 14.03.2021
4533
2 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 307 o‘quvchining o‘g‘irlanishi oldi olindi

Foto: The Nation

14 mart kuniga o‘tar kechasi Nigeriya shimolidagi Ikara shahrida (Kaduna shtati) qurollangan jinoyatchilar tomonidan 307 o‘quvchining o‘g‘irlanishi oldi olindi. Bu haqda shtat xavfsizlik va ichki ishlar vaziri Samuel Aruvanga tayanib Nigeriyaning Nation nashri xabar berdi.    

Uning ta'kidlashicha, jinoyatchilar maktabning yotoqxonasiga hujum qilishgan, biroq o‘quvchilar armiya maxsus kuchlarini ogohlantirish tizimini vaqtida harakatga keltirishgan. Maxsus kuchlar voqea joyiga darhol yetib kelib, jinoyatchilar bilan jangga kirishgan va ularni qochishga majbur qilgan. Barcha maktab o‘quvchilari qutqarib qolingan.

Kadunadagi maktabga hujum 11 mart kuni Kaduna shahridagi kollejga uyushtirilgan hujumdan 3 kun o‘tib sodir etildi. O‘sha hujum oqibatida 39 talaba bedarak yo‘qoldi va hamon izlanmoqda.  

Nigeriyada oxirgi oylarda pul talab qilish maqsadida o‘quvchilarni o‘g‘irlash tobora avj olmoqda. Shu sababli Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy barcha maktablar qo‘riqlanishini kuchaytirishni buyurgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid