Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda boshqa kompaniya brendidan foydalanib tuz sotgan korxonaga chora ko‘rildi
Xorazm viloyatidagi «Xonqa billur salt» o‘zbek-turk qo‘shma korxonasiga tegishli «Saodat» osh tuzi mahsulotiga o‘xshash brend va qadoqda tuz ishlab chiqarib sotayotgan korxonaga chora ko‘rildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, «Sadaf» osh tuzi nomi bilan tuz ishlab chiqarib sotayotgan «Shovat white salt» xususiy tadbirkorlik sub'yekti raqobatga oid qonunchilikni buzgani aniqlangan.
Ayrim xaridorlar «Sadaf» tuzini «Saodat» deb o‘ylab sotib olgan va sifatsizlik bo‘yicha e'tirozlarini «Saodat»ga yo‘llashgan.
Bu holat iste'molchilarni adashtirishi mumkinligi tasdiqlangan va tegishli tashkilotlar tomonidan «Sadaf»ni ishlab chiqarishni to‘xtatish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berilgan.
Ko‘rsatma bajarilmasa, ish javobgarni ma'muriy javobgarlikka tortish uchun sudga yuboriladi.
Mavzuga oid
08:34 / 19.06.2026
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
09:15 / 18.06.2026
Elektr tarmoqlariga ulab berish evaziga pul olgan mas’ullar ushlandi
13:14 / 14.06.2026
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi «chigirtkalar bosqini» yuzasidan izoh berildi
16:58 / 22.05.2026