Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yil oxirida Qashqadaryoda yiliga 1.2 mln tonna sement ishlab chiqaradigan zavod ishga tushadi - Zoyir Mirzayev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda respublika suv ta'minoti, elektr energiyasi yetkazib berish sohalarida joriy yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘z taqdimotida viloyatda rivojlanishda oqsayotgan sohalar va ularning yechimi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Qashqadaryoda bir qancha qurilish mahsulotlariga talab yuqori, lekin viloyatda shu vaqtgacha ularning ko‘pi ishlab chiqarilmay kelmoqda. Masalan, sement (105 ming tonna), gipsokarton (106.8 ming tonna), kafel (102 ming kv/metr) kabi mahsulotlarga ehtiyoj katta bo‘lgani holda, Qashqadaryoda umuman ishlab chiqarilmayapti. Hattoki temir-betonni ham ishlab chiqarib, viloyat o‘zini to‘liq qoplolmay kelmoqda.
Respublika davlat Geologiya qo‘mitasi Qashqadaryoda 261.3 mln tonna sement xomashyosi zaxirasi borligini aniqlab berdi. 2021 yil oxirida yiliga 1.2 mln tonna sement ishlab chiqaradigan zavodni ishga tushirishni reja qilib turibmiz.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash borasida ham ancha orqada ekanimizni tahlillar ko‘rsatib berdi. Viloyatda jami 658.7 ming tonna meva-sabzavot yetishtiriladi, lekin uning bor-yo‘g‘i 15.9 foizigina qayta ishlanadi. Respublikada eng ko‘p 172.4 ming tonna go‘sht yetishtirsa-da, atigi 6.4 foizini qayta ishlaydi», – deya qayd etib o‘tgan Qashqadaryo viloyati hokimi.
Mavzuga oid
17:32 / 10.07.2026
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: Qashqadaryoda eshak go‘shti savdogari ozodlikdan mahrum qilindi
14:58 / 08.07.2026
Qashqadaryoda harakatdagi mashina gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026