Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik senator Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirdi
Amerikalik respublikachi senator Mitt Romni Xitoyning AQShga qo‘yayotgan ayblovlariga javoban 2022 yilda Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiadani boykot qilishga hamda Xitoyga tomoshabinlar va delegatsiyalarni yubormaslikka chaqirdi.
Romni amerikalik sportchilarga Pekin Olimpiadasida ishtirok etishni taqiqlash Xitoy hukumatiga qarshi kurashda yordam bermasligi mumkinligini aytgan. Shu sababli u Xitoyga iqtisodiy va diplomatik boykot e'lon qilish uchun amerikalik tomoshabinlarga Olimpiadaga tashrif buyurishni taqiqlashni hamda sport tadbiridan parchalarni namoyish qilmaslikni taklif qildi.
Senator, shuningdek, Xitoy Hongkongga nisbatan siyosati, uyg‘urlarga zulm o‘tkazishi, muxolif fikrlarni bildirishga yo‘l bermasligi uchun Olimpiadani o‘tkazishga haqli emasligini aytgan. Romnining ta'kidlashicha, ushbu boykotga boshqa ittifoqdosh davlatlarni ham chaqirish lozim.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki AQSh o‘z terma jamoasining Pekin Olimpiadasida ishtirok etishi bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilmaganini aytgan. Amerikalik huquq himoyachilari va kongressning bir qator a'zolari Xitoyga uyg‘urlar genotsidi bo‘yicha ayblovlar qo‘yilayotgani sababli hukumatni Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqirgan.
Xitoy hukumati o‘z nomiga bildirilayotgan bunday ayblovlarni rad etib kelmoqda va mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda.
Fevralda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Xitoy sportning siyosiylashtirilishiga va Pekin Olimpiadasini boykot qilishga chaqiriqlarga qarshi ekanini aytgan. Diplomat bunday chaqiriqlar Olimpiya xartiyasi tamoyillariga zid ekanini ta'kidlagan.
Pekindagi qishki Olimpiadani 2022 yil 4-20 fevral kunlari o‘tkazish rejalashtirilgan. Avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax 2022 yilgi Olimpiadaga texnik tayyorgarlik a'lo darajada ekanini va uni o‘tkazish uchun deyarli barcha narsa hozirlanganini aytgan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026