Jahon | 19:12 / 16.03.2021
5560
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya yadroviy qurollari sonini oshirmoqchi – OAV

Xabar qilinishicha, mamlakatdagi yadroviy kallaklar soni 40 foizga oshiriladi.

Foto: Tam McDonald/MoD/EPA

Buyuk Britaniya hukumati Trident yadroviy kallaklari soniga qo‘yilgan cheklovni bekor qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Nashrning ma'lumot berishicha, bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson bugun e'lon qiladi.

Xabarda aytilishicha, cheklov miqdori 180 donadan 260 donagacha (40 foizga) oshiriladi. Natijada Rossiya va Xitoy tahdidiga qarshi qayta qurollanish uchun 10 mlrd funt sterling ajratiladi. 

Nashrning qayd etishicha, faollar Britaniya bu qarori bilan butun dunyo koronavirus pandemiyasidan chiqishga urinayotgan bir paytda "yangi yadro qurollari poygasi"ni boshlab berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid