O‘zbekiston | 07:43 / 16.03.2021
4314
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 6-11 daraja iliqqacha, shimolda 0-5 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, poytaxtda havo bulutli, ba'zida esa ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid