2021 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy holati bo‘yicha ma'lumot berildi
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 foiz, xizmatlar sohasida 4,1 foiz o‘sish qayd qilingan. Shu bilan birga tashqi savdo aylanmasida 23,8 foizlik pasayish kuzatilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublikaning iqtisodiy holati bo‘yicha ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning dastlabki ikki oyi davomida sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqarish hajmining oshishi 1,5 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida chakana savdoda tovar aylanmasining o‘sish sur'ati 0,7 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 5 foizga o‘sgan.
Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 23,8 foizga kamaygan. Shundan mos ravishda eksport hajmida 43,2 foiz, import hajmida esa 8,3 foiz pasayish qayd etilgan.
Bundan tashqari mazkur davr mobaynida respublikadagi qurilish ishlarida 0,4 foizlik o‘sish kuzatilgan. Ma'lumot uchun, 2020 yilda ushbu soha 8,1 foizlik o‘sishga erishgan.
2021 yilning yanvar-fevral oylarida xizmatlar sohasida 4,1 foizlik sezilarli o‘sish kuzatilgan, Taqqoslash uchun, o‘tgan yilda bu sohadagi o‘sish 12,9 foiz bo‘lgan.
2021 yilning 1 mart holatiga ko‘ra, respublikdagi ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 519 ming 304 tani, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlari 487 ming 967 tani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 435 ming 257ta ekanligi qayd qilingan. Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida 84 ming 47ta yangi korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning fevral oyida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashgan. Joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida narxlar o‘sishi 1,7 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish sur'ati esa 0,8 foizni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024