Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron marhum yadrochi olim sharafiga nomlangan vaksinasini odamlarda sinashni boshladi
Eron koronavirusga qarshi ishlab chiqqan o‘z vaksinasini 16 martdan odamlarda sinashni boshladi. Vaksina 2020 yil noyabr oxirida o‘ldirilgan eronlik yadrochi olim Muhsin Faxrizoda sharafiga “Faxra” deb nomlandi. Marhum olimning o‘g‘li birinchilardan bo‘lib vaksina bilan emlandi.
Ma'lum qilinishicha, bungacha vaksina 650dan ko‘proq hayvonda, jumladan, sichqonlar, quyonlar va maymunlarda sinovdan o‘tkazilgan.
“Faxra” vaksinasining hayvonlarda o‘tkazilgan sinovlari uning samarador ekanini ko‘rsatdi va bugundan u odamlarda sinala boshlanadi”, deb e'lon qilgan Eron sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy.
Vaksinani ishlab chiqish bo‘yicha loyiha rahbari Ahmad Karimiyning ta'kidlashicha, ushbu vositaning ommaviy ishlab chiqarilishi yozdayoq boshlanishi mumkin.
Fevral oxirida Eronda Razi Cov Pars mahalliy vaksinasining klinik sinovlari boshlangani ma'lum qilingandi. Undan ham avvalroq Eronning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasi COVIRAN Bereket klinik sinovlarining 1-bosqichi yakunlangani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026