Xorazmga koronavirusga qarshi vaksinaning ilk partiyasi keltirildi
Joriy yil 18 mart kuni koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasining ilk partiyasi maxsus transport vositasida Toshkentdan Xorazmga yetib keldi.
31 ming doza vaksina viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining maxsus omboriga joylashtirildi. Ular haroratni past darajada ushlab turuvchi muzlatkichlarda saqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan aholi, 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan va surunkali kasali bor bemorlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari hamda qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari emlanadi.
Hozirgi kunda koronavirusga qarshi emlanadigan aholining elektron ro‘yxati tayyorlanmoqda. Shu vaqtgacha Xorazm viloyatida 195 703 nafar fuqaro elektron ro‘yxatga kiritilgan. Shundan 66 838 nafari 65 yoshdan oshganlar, 66 898 nafari 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan va surunkali kasali bor bemorlar, 19 269 nafari tibbiyot xodimlari, 31 770 nafari maktab o‘qituvchilari, 10 928 nafari bog‘cha tarbiyachilaridir.
Birinchi bosqichda 65 yoshdan oshgan 13 913 kishi emlanishi ko‘zda tutilgan. Vaksina samarali ta'sir qilishi uchun 2 marta emlanadi.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
10:50 / 28.10.2024