O‘zbekiston | 07:45 / 19.03.2021
5527
2 daqiqa o‘qiladi

19 mart kuni O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi 

19 mart kunduz kuni O‘zbekiston hududlarida iliq ob-havo saqlanib turadi. Shimoliy hududlarga Kavkaz ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, kechga tomon esa respublikaning qolgan hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi, shimolda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 22-24 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kechga tomon ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid