Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan muhandislik-texnologiya institutida yangi laboratoriya binosi tashkil etildi
Shu yilning 18 mart kuni Namangan muhandislik-texnologiya institutida yangi laboratoriya binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda institut axborot xizmati Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Foto: Namangan muhandislik-texnologiya instituti axborot xizmati
Institutga "Jahon banki" loyihalari doirasida Xitoy, AQSh va Yevropaning rivojlangan davlatlaridan zamonaviy laboratoriya jihozlari keltirildi.
"Oziq-ovqat texnologiyasi", "Poyafzal va teri mahsulotlari texnologiyasi", "Trikotaj-tikuv texnologiyasi", "Metrologiya va standartlashtirish" hamda "Matbaa va qadoqlash" bo‘yicha zamonaviy laboratoriya jihozlari foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida institut rektori professor Odiljon Mamatkarimov, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan Professor Shin Ki Hyuk va uzoq yillar davomida Namangan muhandislik-texnologiya institutida faoliyat olib borayotgan faxriy professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Ayni kunlarda Professor Shin Ki Hyuk institutda talabalarga ta'lim bermoqda.

“Quvonarlisi, bunday zamonaviy laboratoriya binolarining oliy ta'lim dargohida bo‘lishi ilmiy faoliyatni osonlashtiradi. Bu joy namanganlik talabalarning tadqiqotlar o‘tkazib, ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritishiga xizmat qiladi, ilimiy faoliyat bilan shug‘illanayotgan yosh tadqiqotchilar endilikda o‘z ishlarini davom ettirib, yangi ixtirolarni kashf qilishlari mumkin”, deydi Shin Ki Hyuk.
Mavzuga oid
08:59 / 28.04.2026
Namanganda bank xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
19:59 / 24.04.2026
Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan IIB xodimlari qamaldi
23:34 / 07.04.2026