Jahon | 19:50 / 20.03.2021
4600
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada karantinga qarshi namoyish vaqtida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Politsiya namoyish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka uringanidan so‘ng namoyishchilar va tartib posbonlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Germaniyaning Kassel shahrida pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi namoyish vaqtida tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Politsiyachilar rezina tayoq va qalampirli gaz qo‘llashga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi n-tv telekanali.

 Xabarda aytilishicha, shahar markazida o‘tkazilgan norozilik namoyishida minglab kishilar qatnashgan. Namoyishchilar niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash rejimiga amal qilmagan.

Politsiya namoyish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikka uringanidan so‘ng namoyishchilar va tartib posbonlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.

Karantinga qarshi namoyishlar Germaniyaning boshqa shaharlarida ham o‘tkazilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid