Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada toshqinlar sababli odamlar xavfsiz joyga ko‘chirilmoqda
21 mart kuni Avstraliyaning toshqinlardan zarar ko‘rgan, Sidney shahridan g‘arbda joylashgan hududlar aholisiga xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tish buyurildi.
7 news Australia nashrining ma'lum qilishicha, mamlakatning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ushbu hududlarda yashovchi odamlarga uy hayvonlari, birinchi ehtiyojdagi buyumlarni olib, xavfsiz joylarda yashovchi yaqinlari va do‘stlarinikiga ketishni buyurgan.
“Bu hududda qoluvchilar elektrsiz, suvsiz va boshqa zarur xizmatlarsiz tuzoqda qolishi mumkin”, deb aytilgan evakuatsiya haqidagi buyruqda.
The view from my mothers balcony at the Coopernook Hotel. The red corolla is her car, parked on the "high ground". #NSWFloods pic.twitter.com/tCvL8xH5lP
— Rob (@Rob19033512) March 20, 2021
Toshqinlardan zarar ko‘rgan hududlarda bir necha kundan beri kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Jalali yomg‘irlar 24 mart ertalabgacha davom etishi kutilmoqda. Yangi Janubiy Uels shtati va Sidney yaqinidagi daryolar o‘zanidan chiqib ketgan. Sidneyni suv bilan ta'minlovchi asosiy manba hisoblangan Varragamba suv ombori tosha boshlagan hamda Nepin va Xoksberi daryolarida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelgan. Meteorologiya byurosi butun shtat bo‘ylab daryolar toshishi haqida ogohlantirish bergan.
Federal hukumat tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatilishini e'lon qilgan. Shuningdek, Sidney va Yangi Janubiy Uelsda yomon ob-havo sababli koronavirusga qarshi emlash keyinga qoldirilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
22:52 / 29.03.2026