Oltiariqda uchta tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi
Oltiariq tumanida Navro‘z bayrami arafasida ko‘p tarmoqli bolalar poliklinikasi hamda ikkita oilaviy poliklinika ochildi. Ular zamonaviy tibbiy anjomlar bilan jihozlangan.
Oltiariq tuman hokimligi axborot xizmatining Kun.uz'ga xabar berishicha, Navro‘z bayrami arafasida Oltiariq tumanida uchta tibbiyot muassasalari foydalanishga topshirilgan.
Tuman ko‘p tarmoqli bolalar poliklinikasi, 37 va 38-qishloq oilaviy poliklinikalarining qurilish-ta'mirlash ishlariga viloyat mahalliy budjetidan qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Tibbiyot muassasalari zamonaviy-tibbiy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan ta'minlangan.
Tibbiyot markazlarining ochilish marosimida Oltiariq tumani hokimi Xolmirza Niyozov, sektor rahbarlari, faollar va tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.
Mavzuga oid
13:23 / 18.12.2024
Oltiariqda bir uyda ikki ayol bilan er-xotin bo‘lib yashagan erkak ozodlikdan mahrum qilindi
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
14:42 / 28.09.2024
Farg‘onada erkak qarindosh ayolni do‘pposladi
09:28 / 03.09.2024