Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvanda ikkita F-5E qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Ushbu hodisadan so‘ng mamlakat mudofaa vazirligi havoda bo‘lgan barcha F-5E samolyotlariga qo‘nishga buyruq bergan.
Tayvanda ikkita F-5E qiruvchi samolyoti mashg‘ulot vaqtida halokatga uchradi. Bu haqda Focus Taiwan nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, uchuvchilar katapulta yordamida samolyotlarni tark etishga ulgurishgan.
«Pindun shahridagi Syuxay porti yaqinida ikkita F-5E samolyoti radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Qiruvchi samolyotlar mashg‘ulot o‘tkazish uchug Taydun Chjixan bazasidan parvoz qilgandi», - deyiladi xabarda.
Ushbu hodisadan so‘ng mamlakat mudofaa vazirligi havoda bo‘lgan barcha F-5E samolyotlariga qo‘nishga buyruq bergan. Bundan tashqari, voqea joyiga qidiruv-qutqaruv guruhi jo‘natilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
23:17 / 18.03.2026
“Xitoyning maqsadi – radarlarni sinab ko‘rish” - Hikmatilla Kazakbayev
15:09 / 05.02.2026
Si Jinping Trampga: Tayvanga qurol yetkazib berishda AQSh ehtiyotkor bo‘lishi kerak
01:00 / 26.01.2026