Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda budjet daromadlarining qariyb yarmi 20 ta yirik soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda
2021 yilda O‘zbekiston budjetiga tushadigan soliqlarning qariyb 46,2 foizi 20 ta yirik soliq to‘lovchi kompaniya hissasiga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinmoqda. Bu – Moliya vazirligi taqdim etgan «Fuqarolar uchun budjet» nashrida aks etgan.
2021 yilda budjet tushumlarining qariyb 20 foizi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK to‘laydigan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Shuningdek, davlat budjeti daromadlarining yirik qismi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (6,4 foiz), «O‘zbekneftgaz» AJ (5,1 foiz), «O‘ztransgaz» (3,3 foiz), «Lukoyl» MChJ (3,1 foiz), «O‘zbat» AJ (1,7 foiz), «O‘zavto Motors» AJ (1,5 foiz), «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ (1,3 foiz) va yana 12 ta kompaniyadan yig‘ilgan soliqlar hisobiga shakllanishi taxmin qilinmoqda.

Moliya vazirligi 2021 yilgi davlat budjeti daromadlari 147,2 trillion so‘m bo‘lishini kutmoqda. Prognozga ko‘ra, yil davomida bilvosita soliqlar 62,5 trillion so‘mni tashkil etadi. Jumladan, QQS bo‘yicha tushumlar 47 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi taxmin qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda bu ko‘rsatkich132,9 trillion so‘mni (YaIMga nisbatan 22,5 foiz) tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 68 foizga, 2019 yilga nisbatan 18,5 foizga oshgan edi.
Avvalroq, 2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar o‘nligi ma'lum qilingandi. Ulardan tushgan soliqlar miqdori 2021 yildagi jami soliq tushumlarining 63,3 foizini tashkil etgan.
Mavzuga oid
17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
13:45 / 07.01.2025
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
00:04 / 17.12.2022