2020 yil yakunlariga köra, Özbekistonda jami soliq tuşumlarining miqdori 103,6 trillion sömni taşkil etgan.

Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspeksiyasidan ma'lum qilişlariça, 103,6 trillion sömdana 67,7 trillion sömi yirik soliq tölovçilar hissasiga töğri keladi.

Yirik soliq tölovçilar soni 2020 yilda 836ta bölgan bölsa, 2021 yilda 1120taga yetgan.

Eng köp soliq tölagan korxonalar önligi quyidagiça:

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi (10ta yirik soliq tölovçilar tuşumlarining 50 foizi)
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ (20 foiz)
  3. «Öztransgaz» AJ (8 foiz)
  4. «Özbekneftgaz» AJ (7 foiz)
  5. «ÖZBAT» AJ QK (4 foiz)
  6. «Lukoyl»(3 foiz)
  7. «Özavto Motors» AJ (3 foiz)
  8. «Özbektelekom» AJ (2 foiz)
  9. «Hududgazta'minot» AJ (2 foiz)
  10. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi MÇJ (1 foiz)