Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmuyi ustidan nazorat inspeksiyasining 2020 yildagi faoliyat natijalari böyiça hisobot berildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, «Özagroinspeksiya» ötgan yili joylarda jami 63 525ta nazorat tadbirlari ötkazgan. Ular orqali 2 158ta holatda yerlarning özboşimçalik bilan qişloq xöjaligi muomalasidan çiqarilgani aniqlangan.

«Buning natijasida 117 mlrd sömlik zarar hisoblanib, materiallar sudga kiritilgan», – dedi «Özagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Şodiyeva 18 yanvar kungi brifingda.

Suv resurslaridan foydalanişdagi 5,3 mlrd sömlik jarimalar

Qayd etilişiça, 2020 yilda suv resurslarini işlatiş böyiça ötkazilgan nazorat tadbirlarida 2 651ta qonun buzilişi aniqlangan.

Bunda qöllanilgan moliyaviy jarimalar 5,3 mlrd sömni taşkil qilgan. Aniqlangan holatlar böyiça korxonalarning mas'ul şaxslariga nisbatan jami 3,5 mlrd sömlik 13 680 ta ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi qarorlar qabul qilingan.

Traktor va agregatlardan noqonuniy foydalaniş uçun belgilangan jarimalar

Xolida Şodiyevaga köra, 2020 yilda Toşkent şahri va Toşkent viloyatining 19ta tuman va şaharlarida qişloq xöjalik texnikalaridan foydalaniş böyiça reydlar ötkazilgan.

Bu reydlar davomida 1 730ta traktor va 110ta agregatlardan noqonuniy foydalaniş holati aniqlangan. Bunda 310ta texnika jarima maydoniga olingan, 150ta texnikaning mulk egalari esa jarimaga tortilgan.

Xizmat körsatişdagi yangiliklar

Ma'lum bölişiça, ötgan yili «Özagroinspeksiya»ning hududiy boşqarma va bölimlari texnik-diagnostika vositalari bilan jihozlangan 14ta «DAMAS» avtomaşinasini xarid qilgan.

Şuningdek, ma'lumotlarni kiritiş uçun zarur uskunalar bilan ta'minlanib, elektron dasturiy ta'minot işlab çiqilgan. Jahon andozalariga mos qişloq xöjaligi texnikalariga egalik qiliş hujjatlari va traktorçi-maşinist guvohnomalarining yangi namunalari joriy etilgan.

«Şu kabi tadbirlar natijasida zamonaviy xizmatlar körsatişga hamda vakolatli taşkilotlardan kelayotgan sörovnomalarni körib çiqiş muddatini 3–5 iş kunidan 1 iş kunigaça qisqartirişga erişildi»,