Qayd etilişiça, joriy yil 15 iyul holatiga köra respublika böyiça jami 2 mln 655 ming 846 tonna, şundan, 1 mln 842 ming 70 tonna buğdoy davlat zaxirasiga, 572 ming 942 tonna buğdoy vaqtinça saqlaş uçun va 240 ming 834 tonna uruğlik don qabul qilindi.

Inspeksiya hududiy boşqarmalari va tuman bölimlari mutaxassislari tomonidan donlar sifati qayta sinovdan ötkazilgan.

Bildirilişiça, korxona laboratoriyalari xodimlari tomonidan donning sifatini notöğri aniqlaş hisobiga fermer xöjaliklariga jami 223 mln 291 ming söm kam tölangani aniqlanib, xöjaliklarga qayta hisob-kitob qiliş böyiça körsatmalar berildi.