2021 yilda Özbekistondagi mavjud 330 mingdan ziyod qişloq xöjalik texnikalari mulk şaklidan qat'i nazar töliq elektron röyxatga olinadi.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özagroinspeksiya»ga tayanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

«Bunda texnikalarning harakati va yagona elektron bazasi, şu jumladan, mahalliy işlab çiqaruvçilar hamda importyor korxonalar tomonidan yetkazib beriladigan texnikalar hisobi yuritiladi», – dedi inspeksiya axborot xizmati rahbari Xolida Şodiyeva 18 yanvar kungi brifingda.

Kun.uz muxbiri bu amaliyot nima uçun kerakligi bilan qiziqib, Şodiyevaga murojaat qildi.

«Avvallari bu kabi röyxatlar faqat qoğozda yuritilgan. Bundan buyon biz qişloq xöjalik texnikalarining yagona va işonçli bazasini şakllantirmoqçimiz.

Bu orqali istalgan kişi Özbekistonning viloyat yoki tumanlaridagi qişloq xöjaligi texnikalarining soni haqida ma'lumotga ega bölişi mumkin. Buning uçun şunçaki bazaga kiriş va hududni qidiriş kifoya böladi.

Bu – qişloq xöjaligini rivojlantirişda muhim amaliyotlardan biri», – dedi Xolida Şodiyeva.