O‘zbekiston | 09:14 / 24.03.2021
7479
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya xodimlarining turar joy sharoitini yaxshilashga doir hukumat qarori qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Milliy gvardiya xodimlarining turar joy sharoitlarini yanada yaxshilash va ularni zamonaviy turar joy bilan ta'minlash maqsad qilingan.

Milliy gvardiya xodimlariga imtiyozli shartlarda turar joy sotib olish uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq Milliy gvardiyaning alohida o‘rnak ko‘rsatgan, yuksak professionalizm darajasini namoyon qilayotgan, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga salmoqli hissa qo‘shayotgan va Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan xodimlar uchun qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturi, shuningdek turar joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun tijorat banklari uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari navbatdan tashqari tartibda beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

  • Milliy gvardiya takliflari bo‘yicha har yili, 2021 yildan boshlab mintaqalar bo‘yicha xodimlar uchun arzon ko‘p kvartirali uylarda qo‘shimcha ravishda kamida 10ta kvartira qurishni dastur parametrlariga kiritadi;
  • arzon uy-joylar va arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartiralar sotib olish uchun bevosita mahalliy hokimliklarga murojaat qilgan xodimlarga umumiy asoslarda, o‘rnatilgan tartibda uy-joy va kvartiralar ajratilishini ham nazarda tutadi.

Milliy gvardiya mazkur qaror talabidan kelib chiqqan holda dasturlar, shuningdek uy-joylar barpo etishning boshqa dasturlari doirasida qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar hamda arzon ko‘p kvartirali uylardan kvartira sotib olish uchun xodimlar dastlabki badallarni belgilangan miqdorlarda to‘lashi uchun xarajatlarni:

  • davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy gvardiya organlari xodimlariga – budjet mablag‘lari hisobidan;
  • jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tushadigan mablag‘lar hisobidan faoliyat yuritadigan Milliy gvardiya organlari xodimlariga – o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid